Qimmat omadsizlar: Sanches, Torres, Shevchenko...

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 22:32
Transferlar doimo ham kutilganidan natija bermaydi...Kalvin Fillips "Vest Xem"ga ijaraga berilganida, hamma ingliz yarim himoyachisining ishlari yurishib ketishini kutgan edi. Ammo unday bo‘lmadi. Bundan atigi ikki yil ilgari Marselo Byelsaning "Lids"ida asosiy tarkib futbolchisi va sardor bo‘lgan Fillips, na "Vest Xem"da, na "Manchester Siti"da o‘z o‘rniga ega bo‘la oldi. Shu sababli, uning Angliya terma jamoasidagi o‘rni ham xavf ostida qolmoqda. Quyida Fillipsning taqdiriga o‘xshash nomlar haqida so‘z boradi.

Aleksis Sanches "MYU"da

"Qizil iblislar" 2018 yilda o‘z qo‘lida ajoyib hujumchi borligiga ishonar edi. Negaki, bu paytga qadar Sanches "Arsenal"da APLning eng yorqin vakiliga aylanib ulgurgan edi. Chili terma jamoasi a’zosi uchun "Manchester Yunayted" Genrix Mxitaryan va 35 million funtni "Arsenal"ga taqdim etadi. Sanches mankunianliklar safida haftasiga 560 ming funt maosh oladi. Ammo u o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmaydi. Shu sabab, vinger "Inter"ga ijaraga berib yuboriladi.

Fernando Torres "Chelsi"da

"Liverpul"da Torres, ta’bir joiz bo‘lsa, gol mashinasi edi. El niño mersisaydliklar safida 142 ta o‘yinda maydonga tushib, 81 ta golga mualliflik qiladi. 2011 yilda "Chelsi" Torresni 50 million funtga xarid qilgan. Ispaniyalik afsona Londonda faqat avvalgi nomining soyasida yashadi xolos. Torres 3 mavsum davomida "Chelsi" safida mos ravishda 903 daqiqa, 24 ta o‘yin va 11 soat maydonda harakat qilgan xolos.

Eden Azar "Real"da
Azar o‘tgan o‘n yillikda APL va dunyo futboli ko‘rgan eng yorqin pleymeykerlardan biri edi. "Chelsi" bilan belgiyalik fantastik darajaga ko‘tariladi. Shu sababli 2019 yilda "Real" Azar uchun 150 million funt sarf etadi. Ortiqcha vazn, jarohatlar va Anchelotti bilan kelishmovchilik orqasidan Azar atigi 32 yoshida futbolni yig‘ishtirishga majbur bo‘lgan.
Pepe "Arsenal"da
"Arsenal" 2019 yilda Nikolya Pepe uchun "Lill" hisobiga naq 72 million funt o‘tkazib bergan. To‘pchilar muxlislari undan ko‘p narsani umid qilgan edi. O‘sha paytdagi menejer Unai Emeri Pepedan foydalanishga harakat qildi. Ammo hammasi orqa tomonga ketdi. Pepe "Arsenal" safida 116 bahsda 27 bor raqib darvozasini ishg‘ol eta oldi xolos. O‘tgan yili yozda Pepe erkin agent sifatida London klubidan ketdi.
Andrey Shevchenko

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati