Sautgemptonning sobiq ustozi Bundesliga klubida ish boshlashi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 16:54
Bugun, 17 mart kuni Niko Kovach Germaniyaning "Volfsburg" klubi bosh murabbiyligidan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi.

Klub rahbarlari allaqachon yangi murabbiy qidirishni boshlab yuborishgan. Sport.Sky.de nashri xabariga ko‘ra, avstriyalik mutaxassis Ralf Xazenxyuttl "bo‘rilar" e’tiboriga tushgan.

Tomonlar muzokara jarayoniga kirishdi. 56 yoshli avstriyalik murabbiy endilikda erkin agent hisoblanadi. Xazenxyuttlning so‘nggi ish joyi Angliyaning "Sautgempton" klubi bo‘lgan.

"Volfsburg" Bundesliganing joriy mavsumida yomon o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamoa 25 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati