Mudrik Chelsini tark etish niyatida emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 21:24
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Mixail Mudrik jamoani tark etmoqchi emas. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi "Chelsi"da baxtli va uning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamayapti.

Joriy mavsumda Mudrik barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Chelsi" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Mudrikning narxini 35 million yevroga baholamoqda. O‘tkazilgan 30 ta o‘yindan keyin "ko‘klar" 44 ochko bilan APL turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati