Manchester Siti Uokerning o‘rniga o‘rinbosar topdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 21:18
Himoyachi Kayl Uoker may oyi oxirida 34 yoshga to‘ladi. "Manchester Siti" allaqachon himoyaning o‘ng qanotida Uokerning o‘rniga uzoq muddatga futbolchi topish haqida o‘ylamoqda.

TEAMtalk nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" Uokerning o‘rniga "Bayer"dan Jeremi Frimpongni aniqladi. Qizig‘i shundaki, niderlandiyalik futbolchi "shaharliklar" akademiyasining bitiruvchisi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Jeremi Frimpongni 50 million yevroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda 23 yoshli futbolchi 36 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati