PSJ hali Osimxen bilan kelishuvga erishgani yo‘q

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 21:06
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen "PSJ" bilan kelishuvga erishgani yo‘q. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Osimxenni "PSJ"ga o‘tish varianti qiziqtirmoqda, ammo bugun Liga 1 giganti yozda Gonsalu Ramush yoki Randal Kolo-Muani bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Viktor Osimxen yozda "Napoli"ni boshqa klubga o‘zgartirishini aniq aytgandi.

Joriy mavsumda 25 yoshli nigeriyalik 26 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va sheriklariga 4 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt Osimxenni 110 million yevroga baholamoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati