Messining Inter Mayamidagi maoshi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 20:52
Argentinalik 36 yoshli hujumchi Lionel Messining Amerikaning "Inter Mayami" klubidagi maoshi ma’lum bo‘ldi. O Tempo nashri xabariga ko‘ra, futbolchi oyiga 1,6 million yevro maosh oladi. Messining yillik maoshi 19,2 million yevro.

Shuningdek, argentinalik futbolchi MLSda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi ekanligi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Messi o‘tgan yozda erkin agent sifatida "Inter Mayami"ga o‘tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 20 ta uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati