Atletiko Morataning kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 20:30
Ispaniyaning “Atletiko” klubi hujumchi Alvaro Morataning kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi ispaniyalik hujumchi bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilgan. Oldinroq Turinning "Yuventus" klubi sobiq hujumchisi Alvaro Moratani "Atletiko"dan qaytarmoqchi emasligi xabar qilingandi. "Keksa sinyora" "matraschilar" bilan hech qanday muzokara olib bormadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum 31 yoshli to‘purar 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 20 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati