Bavariya futbolchisi qaysi ligaga o‘tmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 20:22
Vinger Kingsli Koman yozgi transfer oynasida "Bavariya"ni tark etish haqida o‘ylamoqda.

Sport Bild nashrining xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi Angliya va Ispaniyani afzal ko‘rgan holda boshqa ligaga o‘tishi mumkin. Avvallari Koman Yevropaning top-ligalari - Fransiya, Italiya va Germaniyada o‘ynagan. Endi futbolchi o‘zini ingliz yoki ispan futbolida sinab ko‘rmoqchi.

2023/2024 yilgi mavsumda Kingsli Koman "Bavariya" safida 26 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularda Koman beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Kingsli Komanni 65 million yevroga baholamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati