Prevyu. «Andijon» – «Dinamo»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 20:14
13 aprel kuni «Andijon» klubi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasida «Bobur Arena»da Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qiladi. Hozirda jamoalarning bor e’tibori bo‘lajak bellashuvga qaratilgan.Jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, shu paytgacha 42 bor kuch sinashishgan. «Andijon»da 15, «Dinamo»da 18 g‘alaba bor. Yana 9 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 54-64, «Dinamo» foydasiga.Klublar oxirgi bor 2019 yili to‘qnash kelishgan. Andijonda 2:2 hisobi qayd etilgan. «Dinamo» maydonidagi o‘yinda esa jamoamizning qo‘li baland kelgan – 0:1.Jamoalarning ilk bellashuvi 1992 yilning 8 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. O‘shanda klublarning nomlari ham hozirgidek emasdi. «Andijon» «Navro‘z», «Dinamo» esa «Marakanda» edi va o‘shanda Andijondagi o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.Barcha muxlislarni 13 aprel, soat 18:30 da boshlanadigan bellashuvga taklif qilamiz. «Andijon» matbuot xizmati.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati