Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining medallari haqida Siz bilgan va bilmagan faktlar

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 20:08
Joriy yilning 8 fevral kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi bo‘lajak musobaqalarning medallarini taqdim qildi. Shubhasiz, o‘zgacha uslubdagi medallar dizayni ko‘p jihatlari bilan omma e’tiborini tortib kelmoqda.Umumiy hisobda O‘yinlar uchun taxminan 5084 dona medal tayyorlanadi. Ularning vazni probasiga qarab 455-529 grammni tashkil etadi. Oltin medalning 98.8 foiz qismi kumush, 1.13 foizi esa oltin moddasidan tashkil topgan. Bronza medallari mis, rux va qalay qorishmasidan iborat. Avvalgi Olimpiadalarda bo‘lgani kabi oltin medalning ustki qatlamiga tilla suvi yuritilgan.Xo‘sh, bu medallarning oldingilaridan farqli jihatlari ham bormi? Albatta, bor. Har bir medalning old qismida Eyfel minorasining 18 gramm temir bo‘lagi mavjud. Bu medallarning markaziy qismida aks etgan oltiburchak shaklidagi metallga joylashtirilgan. Nega endi oltiburchak degan savol ham tug‘iladi. Mezbonlar bunga Fransiyaning xaritadagi ko‘rinishi aynan ushbu shaklga o‘xshashini javob sifatida keltirishgan. An’anaviy tarzda medallarning orqa qismida birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan «Panatinaikos» stadioni va yunon mifologiyasidagi Nika (G‘alaba xudosi) tasvirlangan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati