Qiziriq stadion bilan bog‘liq holat sabab Bunyodkor bilan o‘yin uchun Toshkentga keladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 19:18
"Qiziriq" 2024 yildan e’tiboran Liga a’zosiga aylandi. U O‘FA tomonidan o‘tkazilgan pulka musobaqasida g‘olib chiqqani uchun shartli ravishda Birinchi ligaga qo‘shib olindi.

Endilikda "Qiziriq" 2024 yilgi mavsum davomida Liga tomonidan qo‘yilgan talablarni bosqichma-bosqich yaxshilab borishi kerak. Ya’ni, uning 2025 yilgi mavsumda ham Liga a’zosi bo‘lib qolishi talablarning qanday bajarilgani bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Jamoaning yangi a’zo ekanligidan kelib chiqib, mavjud kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etib borilishi uchun imkon beriladi.

Aprel avvalida Liga mutaxassislari "Qiziriq" jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan maydonda bo‘ldi. U hozircha minimal talablarga javob bermaydi. Shuni inobatga olgan holda jamoaning O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Bunyodkor" bilan o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Qiziriq, shuningdek, 14 aprel kuni "Jayxun" va 28 aprel kuni "Sho‘rtan" mehmoni bo‘ladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati