Qiziriq stadion bilan bog‘liq holat sabab Bunyodkor bilan o‘yin uchun Toshkentga keladi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 12
- Формат: mp4
- Дата релиза: 11-04-2024, 19:18
Endilikda "Qiziriq" 2024 yilgi mavsum davomida Liga tomonidan qo‘yilgan talablarni bosqichma-bosqich yaxshilab borishi kerak. Ya’ni, uning 2025 yilgi mavsumda ham Liga a’zosi bo‘lib qolishi talablarning qanday bajarilgani bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Jamoaning yangi a’zo ekanligidan kelib chiqib, mavjud kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etib borilishi uchun imkon beriladi.
Aprel avvalida Liga mutaxassislari "Qiziriq" jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan maydonda bo‘ldi. U hozircha minimal talablarga javob bermaydi. Shuni inobatga olgan holda jamoaning O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Bunyodkor" bilan o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Qiziriq, shuningdek, 14 aprel kuni "Jayxun" va 28 aprel kuni "Sho‘rtan" mehmoni bo‘ladi.