De Rossi Milanning kuchli tomonini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 19:06
“Roma” jamoasi ustozi Daniele de Rossi Yevropa ligasi chorak finalining birinchi o‘yini oldidan “Milan”ning asosiy kuchli tomonlari haqida gapirdi.

Payshanba kuni “rossonerilar” o‘z uyida “bo‘rilar”ni qabul qiladi, bir haftadan so‘ng esa Rimda javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

"Biz "Milan" qanchalik kuchli ekanini, ayniqsa, to‘pga egalik qilish borasida juda yaxshi o‘ynashini bilamiz.

Bu jamoa futbolchilari nafaqat bizga, balki har kimga zarar etkazishga qodir. "Milan"ning eng katta xavfi - bu sifatli hujumlari.

Men ko‘p yillardan beri tanish bo‘lgan Stefano Pioli har doim yaxshilanishda davom etayotganiga qoyil qolaman.

Uning "Milan"i bir necha haftadan so‘ng yana yaxshi formaga qaytdi", - dedi de Rossi matbuot anjumanida.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati