Keyn jarohatiga qaramay Angliya terma jamoasi safiga borib qo‘shiladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 16:26
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn kecha Bundesliga doirasida "Darmshtadt" bilan o‘yinda yengil jarohat olganiga qaramay, Angliya terma jamoasi safiga ketadi.

Bild nashrining xabariga ko‘ra, agar Keynning jarohati o‘ylanganidan jiddiyroq bo‘lib chiqsa, angliyalik futbolchi terma jamoadagi o‘yinlarda qatnashmaydi. "Bavariya" sport direktori Kristof Froynd Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan yaqin aloqada ekanligini ma’lum qildi.

Keyn joriy Germaniya chempionatida 31 ta gol urdi, bu Bundesliga tarixida bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha sakkizinchi o‘rinni egalladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati