Aston Villa o‘z yulduziga narx belgiladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 18:24
"Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luis yozgi transfer oynasida katta pulga sotilishi mumkin.

Braziliyalik futbolchining ketishi haqidagi mish-mishlar yanvar oyidayoq tarqaldi, ammo futbolchi klubda qoldi.

Biroq, turli manbalarga ko‘ra, yozda Premyer-liga va boshqa yetakchi Yevropa chempionatlari gigantlari yana 25 yoshli yarim himoyachi uchun kurashga shay turishadi.

Goal xabariga ko‘ra, "Aston Villa" o‘z yulduzi uchun 85 million funt (deyarli 100 million yevro) so‘raydi.

Duglas Luisga qiziqish "Arsenal", "Barselona" va "Liverpul" klublari tomonidan bo‘lgan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 70 million yevroga baholamoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati