Amorim haqiqatni aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 17:30
So‘nggi paytlarda matbuotda Ruben Amorimning kelajagi haqida ko‘plab ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Hattoki, yosh mutaxassis "Liverpul" bilan kelishuvga erishgani ham xabar qilingandi. Amorimning o‘zi bu borada fikr bildirdi.

“Men “Liverpul” vakillari bilan intervyu uchun uchrashmaganman. Hech qanday kelishuv yo‘q, bu to‘g‘ri emas. “Sporting” murabbiyiman va bu yerda g‘alaba qozonishni istayman. Boshqa klublar bilan uchrashmaganman, hech narsa kelishib olingani yo‘q. Bu hikoyani kattaroq qilishni bas qiling. Bu o‘z kelajagim haqida so‘nggi marta gapiryapman”, dedi Amorim.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" Yurgen Kloppning ketishi munosabati bilan yangi murabbiy qidirmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati