“Bunyodkor” Ilyos Zeytullayev bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi xabarni rad etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 17:06
Italiya A Seriyasida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi Ilyos Zeytullayev “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar tarqaldi.

“OAVda tarqalgan xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz, “Bunyodkor” futbol klubi Ilyos Zeytullayev bilan shartnoma tuzilganini tasdiqlaydi. Ammo mutaxassis “Bunyodkor” klubining asosiy jamoa bosh murabbiyi emas, balki yordamchi murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi, ya’ni bugungi kunda “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Arslonov, unga Anvar G‘ofurov hamda Ilyos Zeytullayev juftligi yordam beradi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Sobiq futbolchi Ilyos Zeytullayev O‘zbekiston terma jamoasi safida 10 bora maydonga tushib, raqiblar darvozasiga ikki bor to‘p kiritgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati