Faqat bir hujumchi Chempionlar ligasida Allerdan tezroq 12 ta gol urgan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 15:34
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Sebastyan Aller Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Atletiko”ga qarshi birinchi o‘yinda gol urdi.

Uchrashuv Ispaniyada bo‘lib o‘tdi va nemislarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu tariqa, ivuarlik to‘purar nufuzli turnirning 13ta uchrashuvida 12ta gol urdi. Faqat bitta futbolchi buni tezroq bajara olgan. Gap "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland haqida ketmoqda. Skandinaviyalik futbolchi o‘nta o‘yinda 12 ta gol urishga erishgan, deydi Opta nashri

"Borussiya" va "Atletiko Madrid" o‘rtasidagi javob uchrashuvi kelasi hafta Dortmundda bo‘lib o‘tadi. Bu juftlik g‘olibi yarim finalda "PSJ" yoki "Barselona"ga qarshi o‘ynaydi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati