Parij Olimpiadasi triatlon bahslari daryodagi ifloslanish tufayli qoldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 15:04
Parij—2024 tashkiliy qo‘mita rahbari Senada suvning ifloslanish darajasidan xavotirda ekanini ma’lum qildi.

Biroz avval Surfrider Foundation notijorat ekologik tashkiloti daryodagi suvni o‘rganishni amalga oshirgan edi. 2023 yil sentyabr oyi oxiri va 2024 yil mart oralig‘ida olingan 14 ta namunadan 13 tasi daryodagi bakteriyalar bilan ifloslanishning ruxsat etilgan darajadan oshib ketganini ko‘rsatdi.

Sena daryosida Olimpiada bahslarining suzish va triatlon bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi belgilangan.

“Bu eng katta muammolardan biri va biz uni hal qilish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Hukumat daryodagi suvni tozalashga qaratilgan yirik investisiya dasturini amalga oshirmoqda va Olimpiya merosi nuqtai nazaridan, bu loyiha shunchaki betakror.

Triatlon Senada bo‘lib o‘tishiga ishonchimiz komil va favqulodda vaziyatlar uchun rejalar mavjud.

Musobaqalar yomg‘ir tufayli kechiktirilishi mumkin, bu suv sifatiga ta’sir qiladi. Triatlon o‘yinlari boshlanishi rejalashtirilganligi sababli ob-havoning yaxshilanishini kutishimiz mumkin.
Musobaqalarni taqiqlash bo‘yicha yakuniy qaror Xalqaro federasiya qoidalari bilan belgilanadi. Albatta, biz bundan qochishni istaymiz”, — deydi Toni Estanga.
Parijdagi Olimpiada o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Triatlon musobaqalari 30—31 iyul va 5 avgust kunlari, ochiq suvda suzish musobaqalari 8—9 avgust kunlariga belgilangan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati