Bahodir Jalolovning Toshkentdagi jangi bekor qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 15:00
14 aprel sanasida Toshkentda IBA chempionlar oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Markaziy jangda chempionlik uchun Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, ushbu jang oqshomida Bahodir Jalolovning Xorvatiya vakili Agron Smakichi bilan jangi ham o‘rin olgan edi. Ammo Bahodir Jalolov ishtirokidagi jang bekor qilingan. Bu haqda bokschining o‘zi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Assalomu alaykum! Barchangizga Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin. Sizlarga 14 aprel kungi jangim bekor bo‘lganini xabar qilmoqchiman. Hammasi Allohdan, buyog‘iga asosiy e’tibor oldinda turgan Parij Olimpiya o‘yinlariga qaratiladi. Meni har qanday xolatda ham qo‘llab-quvvatlab turgan barchangizga kattakon rahmat",— deydi Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov.

WBC mart oyi uchun yangilagan reytingda Bahodir Jalolov o‘z vazn toifasida 12-o‘rinni egallab turibdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati