Ortega Manchester Sitidagi kelajagi haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 14:16
"Manchester Siti" darvozaboni Stefan Ortega kelajagi borasidagi vaziyat haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli germaniyalikning "shaharliklar" bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida yakuniga yetadi.

"Mening kelajagim? Bu unchalik qiyin mavzu emas. Men va oilam Manchesterda o‘zimizni juda qulay his qilyapmiz. Dunyoning eng yirik klublaridan birida o‘ynayman. Bunga qarshi ko‘p dalillar yo‘q. Biroq, men qaror qabul qiladigan yagona odam emasman. Bu jarayonda klub ham ishtirok etmoqda", - deydi Ortega.

Stefan Ederson jarohati tufayli so‘nggi bir necha o‘yinda "Manchester Siti"da asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo braziliyalik futbolchi tez orada safga qaytishi kerak.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati