Dani Alves Neymarning otasiga pullarini qaytardi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 12:44
Braziliya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq himoyachisi Dani Alves Neymarning otasiga garov sifatida to‘lagan pullarini qaytardi, deb xabar bermoqda Folha de S.Paulo sobiq futbolchining advokatiga tayanib.

Manbaga ko‘ra, Alves Neymarning otasidan 150 ming yevro qarz olgan va pulni bir hafta oldin qaytarib bergan.

25 mart kuni Alves 1 million yevro garov evaziga qamoqdan ozod etilgandi. Ma’lum qilinishicha, 40 yoshli braziliyalikning pasporti olib qo‘yilishi va har hafta sudga hisobot berishi kerak bo‘ladi.

22 fevral kuni Barselona sudi 40 yoshli Alvesni 2022 yilda Kataloniya poytaxtidagi tungi klubda qizni zo‘rlagani uchun 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati