• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Isroil delegasiyasi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Qatarga jo‘nab ketdi

Isroil delegasiyasi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Qatarga jo‘nab ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 16:00

Isroil delegasiyasi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini muhokama qilish uchun 18 mart kuni Qatar poytaxti Dohaga boradi. Bu haqda Isroilning KAN davlat telekanali xabar berdi.

Isroil harbiy vazirlar mahkamasining bugungi yig‘ilishida tegishli qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, delegasiyaga Mossad razvedka xizmati rahbari Devid Barnea boshchilik qiladi.

Bir kun avval Falastinning HAMAS harakati Qatar va Misr vositachilariga Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha kelishuv taklifini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Isroil Bosh vaziri idorasi Xamas taklifida keltirilgan talablarni «mantiqsiz» deb atadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati