Barsa PSJni 7 yil deganda ilk marta mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 10:42
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” hamda Ispaniyaning “Barselona” klublari o‘rtasidagi Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi uchrashuvi yakuniga yetdi.

Uchrashuv Parijdagi (Fransiya) “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kataloniya jamoasi uchun bu g‘alaba 2017 yildan beri "PSJ" ustidan qozonilgan birinchi g‘alaba bo‘ldi.

O‘shanda ispanlar turnirning 1/8 finalida 6:1 hisobida zafar quchgan va birinchi o‘yinda 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi, umumiy hisobda chorak finalga yo‘l olishgan.

E’tiborlisi, o‘shandan beri jamoalar yana ikki marta to‘qnash kelishgan. Har ikki uchrashuv Chempionlar ligasi 2020/2021 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tdi.

O‘shanda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra parijliklar ilk uchrashuvda 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, javob o‘yinida durang o‘ynab, keyingi bosqichga yo‘l olgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati