Nyukasl rossiyalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 15:38
Hozirda Ozarbayjonning “Qorabog‘” klubida to‘p tepayotgan rossiyalik darvozabon Andrey Lunyov Angliya premyer-ligasiga o‘xshamay qolgan transferi haqida gapirdi.

Unga "Nyukasl" qiziqish bildirgandi.

"Men "Bayer"da bo‘lganimda variant bor edi. Bir do‘stim "Nyukasl"ga borish, u yerda uchinchi yoki to‘rtinchi darvozabon bo‘lish imkoniyati borligini aytdi.

Men rad etdim", dedi futbolchi. 

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli rossiyalik darvozabon “Qorabog‘”ga o‘tishdan oldin “Zenit” va “Bayer”da to‘p tepgan edi.

Uning Ozarbayjon klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati