Toshkent World Athletics Label maqomidagi musobaqaga mezbonlik qiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 15:28
Mamlakatimiz poytaxti Toshkent 32 ta davlatning professional sportchilari va havaskor yuguruvchilar ishtirokida o‘tkaziladigan BYD Toshkent xalqaro marafoniga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Joriy yilning 21 aprel kuni tashkil etiladigan mazkur an’anaviy bahorgi 6- BYD Toshkent xalqaro marafoni 6 mingga yaqin yuguruvchini qabul qiladi.

Bugungacha 2 mingdan ortiq ishtirokchi Toshkent marafonida qatnashish uchun o‘z arizalarini topshirdi.

O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi tashabbusi bilan marafonda ishtirok etish uchun yaqin va uzoq xorijdan yetakchi sportchilar taklif etildi.

Toshkent marafoni qisqa fursatda yuqori tashkilotchilik tufayli World Athletics Label maqomiga ega bo‘ldi. Xalqaro yengil atletika federasiyalari assosiasiyasining (World Athletics) rasmiy musobaqalar taqvimidan joy oldi. Xalqaro marafonlar assosiasiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlandi.

Shu kunlarda boshlanishiga bir oy atrofida vaqt qolgan marafon ishtirokchilarini ro‘yxatga olish Perfend.com onlayn platformasi (https://perfend.com/events/sport/tashkent-marathon-6) orqali davom etmoqda.
Aytish lozim, musobaqa dasturi klassik 42 km. marafon, 21 km. yarim marafon, shuningdek, 3 va 10 km. masofalarni o‘z ichiga oladi.
Marafonning shiddatli bahslari boshlanishidan bir kun oldin, ya’ni, 20 aprel kuni bolalar uchun Kids Run yugurish musobaqasi va boshqa yosh guruhlari uchun ommaviy yugurishga asoslangan bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
Xalqaro marafonlar assosiasiyasi nizomida belgilangan talablar asosida marafonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish badali quyidagi qiymatlarda belgilangan.
– Kids Run (1 km.) va shimoliy yurish (3 km.) – 150 ming so‘m;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati