Edvards: Bu klubdagi odamlar hech qachon taslim bo‘lmaydilar

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 15:28
Angliya Premyer-ligasining 29-turi doirasida "Luton Taun" "Nottingem Forest" bilan durang o‘ynadi va "Luton" ustozi Rob Edvards buni yaxshi natija deb hisoblamoqda.

Edvardsning so‘zlariga ko‘ra, ingliz futbolining yuqori ligasida o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun kurashda har bir ochko muhim ahamiyatga ega.

"Biz oliy liga yo‘llanmasi uchun kurashganmiz, kurashga o‘rganib qolganmiz. Klubda shunday madaniyat borki, bu yerda 18 oy bo‘lganimdan keyin men buni allaqachon anglab yetdim.

Bu yerdagi odamlar hech qachon taslim bo‘lmaydilar.

So‘nggi paytlarda ko‘p alamli omadsizliklarga duch kelgan bo‘lsak-da, bu alohida kuchli jamoa", - deya Rob Edvardsning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati