Mourinyo Karragerning fikriga munosabat bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 15:26
"Chelsi"ni 3 marta APL chempionligiga olib kelgan afsonaviy portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karragerni tanqid qildi.

Hozirda Britaniya televideniyesida futbol eksperti bo‘lib ishlayotgan Karrager Premyer-liga chempionlik poygasini muhokama qilar ekan, quyidagilarni aytdi: "Agar "Manchester Siti" keyingi o‘yinlarida ochko yo‘qotmasa, ularni to‘xtatish qiyin bo‘ladi. "Arsenal" va "Liverpul"ga mavsumning so‘nggi qismida 3-4 ochkolik farq kerak."

Karragerning so‘zlariga Mourinyo quyidagicha javob berdi: "Karrager futbol tarixidagi 1000 ta eng yaxshi himoyachilardan biri ham bo‘lmagan bo‘lsa ham ko‘p narsani gapiradi. Premyer-ligada hech qachon g‘alaba qozonmagan odam qanday qilib g‘alaba qozonish kerakligi haqida gapira oladi?" - dedi Mourinyo.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati