Jenevada Falastin bilan birdamlik uchun namoyish

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 15:24
Minglab odamlar 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan Isroilning G‘azoga hujumiga qarshi norozilik bildirish uchun Shveysariyaning Jeneva shahri Parc Des Cropettes maydoniga to‘plandi.

Ingliz, fransuz, arab tillarida Falastinni qo‘llab-quvvatlab, Isroilga qarshi shiorlar aytgan namoyishchilar falastinliklarga qarshi “genosid”, ayniqsa G‘azoda bolalar ochlikdan nobud bo‘layotganidan norozi bo‘lib, anklavda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Shotlandiya fuqarosi Adam Makbet “Anadolu” agentligi muxbiriga ushbu aksiyada Falastin va Falastin xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida qatnashayotganini bildirdi.

– O‘ylaymanki, biz G‘azodagi genosidga jim qarab turmasligimiz kerak, – dedi Makbet. – Suratlardagi ochlikdan aziyat chekayotgan bolalar va begunoh aholini ko‘rish og‘riqli. Genosidni to‘xtatish uchun faol va qat’iy bo‘lishimiz kerak.

AQSh fuqarosi Jozef Burk zudlik bilan G‘azoda to‘liq va doimiy tinchlikka erishish zarurligini ta’kidladi.

Shveysariya fuqarosi Suada esa G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealarni “dahshat”dan boshqa so‘z bilan ta’riflay olmasligini aytdi.
Polisiyaning kuchli nazorati ostida o‘tgan namoyish 3 soatcha davom etdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati