Xokkeychilarimiz Osiyo chempionatiga Rossiyada tayyorlanadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 17-03-2024, 15:22
Mazkur chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Rossiyaning Qozon shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. O‘n kun davom etadigan yig‘inda terma jamoa a’zolari jismoniy holatni yaxshilovchi, tezkorlik va aniq zarbalar berish borasida mahoratlarini oshiradi. Shuningdek, ular murabbiylar qo‘l ostida texnik-taktik va nazariy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yosh toifasida amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. Mazkur musobaqa Toshkentdagi «Humo arena» va Samarqanddagi «Ice Rink» majmualarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.