Rodrigo: Ronaldudan har doim ilhom olaman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 19:06
Rodrigo "Siti"ga gol urganidan keyin nima uchun Krishtianu Ronaldu kabi golni nishonlaganini tushuntirdi.

23 yoshli braziliyalik Rodrigo Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o‘yinida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (3:3) "Real"ning ikkinchi golini kiritdi. U golni “An-Nasr” hujumchisi kabi nishonladi.

“Men doim Krishtianuning videolarini tomosha qilaman. Ba’zida ularni o‘yinlardan oldin ko‘raman, ilhom olish uchun. Men gol urganimda u yodimga tushdi.

Bolaligimni eslasam, Ronalduning Chempionlar Ligasidagi o‘yinini ko‘rib, muxlislar uning ismini aytib, baqirganini eslayman. Bu xayolimga keladi.

Har doim aytganimdek, u mening kumirim, mening qahramonim, shuning uchun uni qanchalik qadrlashimni ko‘rsatish uchun uning uslubida nishonlash har doim yoqimli”, - dedi “Real Madrid” vingeri TNT Sports telekanalida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati