Valverde: Manchester Siti bilan o‘yindan oldingi tanaffus zararimizga bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 17:26
"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde "Manchester Siti" bilan o‘yin oldidan 9 kunlik dam olish jamoa uchun zararli ekanligi haqida fikr bildirdi.

Kecha urugvaylik “shaharliklar" darvozasiga gol urib, “qirollik klubi”ning “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida 3:3 hisobida durang o‘ynashiga yordam bergandi.

"Manchester Siti" bilan o‘yin oldidan tanaffus zararimizga bo‘ldi. Biz har uch kunda o‘ynashga o‘rganib qolganmiz, shuning uchun biz ritm tuyg‘usini yo‘qotdik", - deya Valverde so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

"Real" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi javob uchrashuvi bir haftadan so‘ng Angliyada "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati