Vinisius Messiga yetib oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 16:24
Vinisius Junior Chempionlar ligasi pley-off bosqichida golli uzatmalar bo‘yicha Lionel Messiga yetib oldi.

Kecha "Real" - "Manchester Siti" (3:3) o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/4 finali birinchi uchrashuvida Braziliya terma jamoasining 23 yoshli vingeri ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Endi Vinisius turnirning pley-off bosqichida 12 ta golli uzatmaga ega bo‘lib, bu "Barselona"ning sobiq hujumchisi Lionel Messiga teng.

E’tibor bering, "Real" futbolchisiga buning uchun 25 ta o‘yin kerak bo‘lgan, argentinalik futbolchiga esa 77 ta o‘yin kerak edi.

“Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus” klublarida o‘ynagan Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi pley-off bosqichida 67 ta o‘yinda 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati