Legionerlarimizdan daraklar: Yoqimli gollar porsiyasi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 15:16
Italiya. Eldor Shomurodov «A» seriyada navbatdagi assistni qayd etdi. Muhimi, «Kalyari» o‘z maydonida «Atalanta»ni «kambek» evaziga dog‘da qoldirdi - 2:1.

Ham­yurtimiz «A» seriya 31-turidan o‘rin olgan ushbu uchrashuvda 66-daqiqagacha to‘p surib, tanaffusga chiqishga oz fursat qolgan pallada hisobni tenglatiruvchi gol hammuallifiga aylandi. Milliy jamoamiz sardorining o‘yini 7,5 ballga loyiq ko‘rilganini ham aytish kerak - juda yaxshi baho.

Rossiya. RPL 23-turidan o‘rin olgan SSKA - «Fakel» o‘yinida «armiyalar» yengil g‘alabaga erishishdi. E’tiborlisi, 4:1 hisobida yakunlangan bahsda SSKAning 3-goliga Abbos Fayzullayev mualliflik qildi 75-daqiqada. Hamyurtimiz shundan so‘ng, 85-daqiqada zaxiraga olindi. Fayzullayevning RPL joriy mavsumidagi umumiy statistikasi - 15ta o‘yin, 2ta gol va 4ta assist. Aytgancha, uchrashuvdan so‘ng rossiyalik kosmonavtlar Anton Shkaplerov va Aleksandr Skvorsov SSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov, darvozabon Igor Akinfeev va aynan Fayzullayevga Russia Time kompaniyasi qo‘l soatini tantanali tarzda topshirishdi. Rossiyalik jurnalist SSKA — «Fakel» o‘yinidan keyingi flesh-intervyuda esa Fayzullayevdan O‘zbekiston olimpiya jamoasiga qo‘yib yuborilmayotgani haqida ham so‘radi. «Eshitishimcha, bu borada muzokara ketmoqda. O‘zimga qolsa, mamlakatim jamoa­siga yordam berishga tayyorman. Agar qo‘yib yuborishsa, Osiyo chempionatida o‘ynayman, albatta», — dedi xavbek bu borada. Aytgancha, SSKA bundan oldin Rossiya kubogi yarim finali birinchi o‘yinida «Baltika»ni yagona gol evaziga dog‘da qoldirgan bahsda Fayzullayev to‘liq vaqt to‘p surgandi. Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyevning klubi «Rubin» esa tur o‘yinini kecha safarda «Orenburg»ga qarshi o‘tkazdi. Darvoqe, Ashurmatov «Match TV» kanaliga bergan intervyusida Eldor Shomurodovni alohida e’tirof etdi: «O‘zbekis­tonda RPL o‘yinlarini qiziqish bilan kuzatishadi, albatta. Axir chempionatda Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov yaxshi to‘p surishgan. Eldor biz uchun - o‘rnak. Mashg‘ulotlarda ham uning darajasi sezilib turadi». Ma’lumot uchun, Ashurmatov RPL 22-turidan o‘rin olgan «Rubin» - «Axmat» uchrashuvi- (2:1)ning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. 

Fransiya. «Lans» Abduqodir Husanov ishtirok etmagan uy o‘yinida «Gavr»ni yengolmadi. Jamoa Liga 1 28-turi doirasidagi bahsning 78-daqiqasida penaltidan gol qo‘yib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi - 1:1.

Eron. Tehronning «Istiqlol» klubi Jaloliddin Masharipov 83 daqiqa to‘p surgan bahsda «Mes Rafsanjan»­ni mag‘lub etish yo‘lini topolmadi. «Ozodi»da bo‘lgan va 2:2 hisobida tugagan bahsda ham­yurtimiz 83 daqiqa o‘ynadi. «Sirian» - «Perserolis» uchrashuvi taqdirini Oston O‘runov tomonidan urilgan yagona supergol hal qildi. Umuman, u maydonda 86-daqiqagacha yaqqol ajralib turdi. «Peykan» - «Istiqlol» (Huziston) qarama-qarshiligida ham 1ta gol kuzatildi. Farqi shuki, u mezbon jamoaga g‘alaba keltirdi. Ya’ni to‘liq 90 daqida harakatlangan Doston Tursunov o‘z jamoasi bilan alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Turkiya. «Sivasspor» o‘z maydonida «Fotih Qoragyumryuk» darvozasiga 89-daqiqada yo‘l topdi va g‘alaba qozondi - 1:0. Superliga 31-turidan o‘rin olgan ushbu uchrashuvda mezbon jamoa vakili Aziz Turg‘unboyev 64-daqiqagacha maydonda bo‘ldi. Husniddin Aliqulovning klubi - «Rizespor» esa «Istanbulspor» maydonida yirik - 4:0 hisobida ustun keldi. Milliy jamoamiz himoyachisi g‘alabaga to‘liq vaqt davomidagi faolligi bilan hissa qo‘shdi. U shuningdek, 54-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. Whoscored portali tomonidan legionerimizning o‘yini 7,3 ballga loyiq ko‘rildi. Faqat «Qaysarispor» o‘z maydonida «Qosimposho»ga 0:2 hisobida yutqazdi. Otabek Shukurov ushbu omadsiz bahsda ishtirok etmadi.
Jahongir O‘rozovning klubi «Eyupspor» esa Turkiya chempionati Birinchi ligasi finishiga 5ta tur qolgan pallada 1-o‘rinni rasmiylashtirdi. Arda Turon boshqaruvidagi Istanbul klubi 29-turda «Altay» qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. To‘g‘ri, hamyurtimiz bu uchrashuvda ham chetda qoldi. Umuman, «Bunyodkor»dan 300 ming yevro evaziga «Eyupspor»ga o‘tgan O‘rozov shu kunga qadar jamoaning atigi 1ta  o‘yini (kubok doirasida «Beshiktosh»ga qarshi)da 3 daqiqagina to‘p surdi.
BAA. «Shabab Al-Ahli» Pro liga 18-turida «Al-Jazira»ni qabul qilib, 3:2 hisobida muhim g‘alabaga erishdi. Boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan mezbon jamoa xavbeki Aziz G‘aniyev 55-daqiqagacha faol harakatlandi va o‘z o‘rnini eronlik Said Izzatullohiga bo‘shatib berdi. Tur o‘yini «Xorfakkan»ga omadsiz keldi. Jamoa Aziz Amonov 72 daqiqa, Abdulla Abdullayev to‘liq vaqt to‘p surgan bahsda «Al-Batax»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi, boz ustiga, o‘z maydonida. Hojimat Erkinov esa «Al-Vahda»ning «Bani Yas»ga qarshi g‘alabali o‘yini (3:1)da 81 daqiqa davomida raqib himoya­chilariga aslo tinchlik bermadi.
Qozog‘iston. «Turan» bilan safar o‘yini (QPL 4-turi)da «Ordabasi»ga g‘alaba keltirgan yagona gol 25-daqiqada Jasur Yaxshiboyev tomonidan urildi. Yakunda 79 daqiqa harakatlangan hamyurtimiz uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrin sohibiga aylandi. Aytish joiz, u shu bilan 2-marta o‘yin laureati bo‘ldi. Shimkent jamoasidagi yana bir legionerimiz Shahboz Umarov esa bu safar 64-daqiqacha to‘p surdi. «Qayrat» vakili Ibrohimxalil Yo‘ldoshev «Jetisu»ga qarshi uy o‘yi­ni (0:0)da to‘liq 90 daqida to‘p surgan bo‘lsa, Shohnazar Norbekov («Qaysar») safarda «Elimay» bilan bo‘lgan bahs (0:1)ning yakunida o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. O‘z o‘rnida yana bir ma’lumot: Goal.kz nashri Jasur Yaxshiboyevni mart oyi ramziy jamoasiga kiritdi. Chunonchi, futbolchimiz oy davomida chempionatning 3ta o‘yinida ishtirok etib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
J.Koreya. «K»-2 ligasi 5-turi doirasidagi «Asan Mugunxva» - «Sonnam» o‘yini 1:1 hisobida yakunlandi. Mehmon jamoadagi legionerimiz Ikrom Aliboyev mazkur bellashuvda to‘liq 90 daqiqa harakatlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati