Touni: Realga o‘taman va hammasi yaxshi bo‘ladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 15:10
Ivan Touni shu yozda "Real Madrid"ga o‘tish haqida hazil qildi.

"Brentford" forvardi mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin.

Angliyalik futbolchi avvalroq kuchliroq jamoaga o‘tishdan manfaatdor ekanini ma’lum qilgan edi, "asalarilar" bosh murabbiyi Tomas Frank Tounining shu yozda sotilishini aytib o‘tgandi.

Sky Sports nashriga bergan intervyusida Tounidan yozning ideal yakuni qanday bo‘lishi so‘ralgan.

"Biz g‘alaba qozonishni boshlaymiz - mavsum oxirigacha har bir o‘yinda g‘alaba qozonamiz. Men yigirmata gol uraman. Yozga kelsak, men Yevropa chempionatida qatnashaman va biz uni yutamiz.

Keyin hamma narsa joyiga tushadi. Agar "Brentford" meni sotmoqchi bo‘lsa, ular katta pul olishadi, men "Real"ga o‘taman va hammasi yaxshi bo‘ladi", - deya kulib javob qildi Touni.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati