Chelsi yozda 11 nafar futbolchisini sotishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 13:34
Londonning "Chelsi" klubi yozgi transfer oynasida 11 futbolchi bilan xayrlashishi mumkin. Football London xabariga ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan o‘yinchilar orasida yarim himoyachi Konor Gallager va mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida "Fulxem"ga o‘tgan hujumchi Armando Broya ham bor.

E’tibor bering, "Chelsi" yangi transferlarni moliyalash uchun pul ishlab olish maqsadida bir nechta futbolchilarini sotishga majbur. Londonliklar, shuningdek, ish haqi fondidagi yukni yengillashtirishni xohlashadi.

Avvalroq “Chelsi” yiliga 19 million yevro maosh oladigan va jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘lgan hujumchi Rahim Sterlingni ham sotish niyatida ekani xabar qilingandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati