Gvardiola va Anchelotti jamoalari tarixida ikkinchi bor durang o‘ynadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 12:52
9 aprel, seshanba kuni “Real” hamda Angliyaning “Manchester Siti” klublari o‘rtasida Chempionlar ligasi chorak finalining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 3:3 hisobida durang o‘ynashdi. Shu tariqa, Pep Gvardiola ("Manchester Siti" bosh murabbiyi) va Karlo Anchelotti ("Real" bosh murabbiyi) jamoalari tarixda ikkinchi marta durang o‘ynashdi.

O‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o‘yinida “Real” va “Manchester Siti” o‘rtasida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Jamoalarni o‘shanda ham Anchelotti va Gvardiola boshqargan. Javob uchrashuvida “shaharliklar” 4:0 hisobida zafar quchdi. Keyin Angliya jamoasi finalda Milanning “Inter” jamoasini mag‘lub etib (1:0) kubokni qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsumning chorak finalining javob uchrashuvlari kelasi chorshanba, 17 aprel kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati