Sane Arsenal bilan o‘yin haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 12:14
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane Londonning “Arsenal” klubiga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final birinchi o‘yinidagi durang haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

“Bu biz uchun qiyin bo‘ldi, lekin shunday bo‘lishini bilardik. Tezda o‘zimizni tiklab olganimiz yaxshi bo‘ldi. Umuman olganda, biz o‘yinimizdan mamnunmiz. Oldinda qiyin javob uchrashuvi turibdi, hali hech narsa hal qilingani yo‘q. Hamma narsa yana noldan boshlanadi", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, javob o‘yini Myunxendagi stadionda 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati