Boks. Menejer Isroil Madrimovning rejalari bilan o‘rtoqlashdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 11:28
Birinchi o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) mutlaq jahon chempionligini ko‘zlayapti.

Madrimovning menejeri Vadim Kornilov WBC va WBO kamarlarini qo‘lga kiritgan Sebastyan Fundoraning jamoasi Szyuga revansh berishni hamda sobiq chempion Errol Spens bilan jang o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarni boshlaganini aytdi.

"Chempionlar chempionlar bilan jang qilsin. Aynan shu narsani muxlislar va keng boks ommasi xohlayapti. Odamlar Fundoraning uch martta Szyu bilan jang o‘tkazishini yoki Spensga qarshi ringga ko‘tarilishini istamaydi. Sebastyan, ular bilan bitta jang yetadi. Sen chempionlar bilan jang qil", — dedi Kornilov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Madrimovning navbatdagi jangi bo‘yicha muzokaralar boshlangan. Isroil kuchli bokschilarga qarshi janglarda o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatishga tayyor.

"Biz eng katta jang ustida ishlayapmiz. Madrimov hamma chempionlar bilan jang qilishga tayyor. Ertami-kech bu holat ro‘y beradi", — dedi menejer.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati