Trossard: «Jamoamiz maksimal darajada o‘ynasa, har kimni mag‘lub eta oladi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 11:24
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Leandro Trossard UYEFA Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya" bilan birinchi o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

"Arsenal" ajoyib start oldi. Hisobni ochganimizdan keyin yana bir nechta gol urishimiz mumkin edi. "Bavariya" o‘z darajasini ko‘rsatdi va bizga muammo keltirdi. Biz mehmonda qiyin bo‘lishini tushunamiz. Ammo jamoamiz maksimal darajada o‘ynasa, har kimni mag‘lub eta oladi", - deya Leandroning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 aprel kuni Myunxendagi stadionda bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati