«Liverpul» Luis Diasga narx belgiladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 11:16
Luis Dias shu yozda "Liverpul"ni tark etishi mumkin.

The Telegraph xabariga ko‘ra, tomonlar shartnomani 2027 yilgacha uzaytirishga hali kelishmagan. Ta’kidlanishicha, yozda ular boshqa jamoalarning qiziqishini inobatga olgan holda hamkorlikni davom ettirish yoki ajralish yo‘llari haqida qaror qabul qilishlari kerak.

"PSJ" va "Barselona" vinger uchun da’vogarlik qilmoqda, ammo moliyaviy cheklovlar tufayli kataloniyaliklarga kolumbiyalik futbolchini sotib olish qiyin bo‘ladi. “Liverpul” Diasni 75 million funt sterlingga (87,5 million yevro) baholaydi.

Qayd etilishicha, Diasni sotish sabablaridan biri "Liverpul"ning Angliyada moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish zarurati bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda Luis Premyer-ligada 30 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati