Anchelotti YECHLda murabbiy sifatida 200 ta o‘yin o‘tkazgan ilk murabbiyga aylandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 11:08
"Manchester Siti" bilan o‘yin Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatidagi Chempionlar ligasidagi 200-o‘yin bo‘ldi.

"Real Madrid" bosh murabbiyi tarixda bu marraga yetgan ilk mutaxassis bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rinni Aleks Fergyuson (turnirda 190 ta o‘yin), 3-o‘rinni Arsen Venger (178 uchrashuv) egallab turibdi. To‘rtinchi o‘rindagi Pep Gvardiola kecha Chempionlar Ligasida murabbiy sifatida 168-o‘yinini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti Chempionlar ligasi kubogi (4) va turnirdagi g‘alaba qozongan o‘yinlar soni (114) bo‘yicha ham murabbiylar orasida peshqadam.

Anchelotti Chempionlar ligasida "Parma", "Yuventus", "Milan", "Chelsi", "PSJ", "Bavariya" va "Napoli" klublarida ishlagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati