Anchelotti: Militao Manchester Sitiga qarshi javob o‘yinida maydonga tushadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 08:16
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi javob o‘yinida Eder Militaoni maydonga tushirishga tayyor.

Yaqinda jarohatidan forig‘ bo‘lgan markaziy himoyachi Madridda bo‘lib o‘tgan va 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan "shaharliklar"ga qarshi birinchi o‘yinda zaxirada qoldi.

Anchelottining so‘zlariga ko‘ra, braziliyalik kelasi chorshanba kuni javob o‘yinida maydonga tushadi.

"Tchuamenining diskvalifikasiyasi? Bu muammo emas, chunki bizda Militao bor", - dedi italiyalik murabbiy o‘yindan keyingi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Eder Militao avgust oyida bog‘lami yirtilgani sababli safdan chiqqan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati