Foden: Muxlislar uchun ajoyib o‘yin bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 07:58
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden "Real" bilan durang (3:3) bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Pep Gvardiola shogirdlari mehmonda g‘alaba qozonishga yaqin turgandi, ammo Federiko Valverde 79-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

"Bu muxlislar uchun eng yaxshi o‘yin bo‘lsa kerak. Yuqori darajadagi hujumkor o‘yinchilarga ega ikkita ajoyib jamoa, ko‘plab gollar. Bu tomoshabinlar ko‘rishni xohlaydigan narsa. Dastlabki golimiz rejani o‘zgartirmadi, lekin ba’zida juda tez gol urasiz. "Real" yaxshi javob qaytardi, ikki bor gol urdi, ammo biz kayfiyatimizni ko‘tardik. Yakunda g‘alaba hisobini ushlab tura olmaganimizdan biroz afsusdamiz. "Real Madrid" ajoyib zarba bilan gol urdi. Ammo bu haqda to‘xtalib o‘tirmaylik, ijobiy lahzalar ko‘p bo‘ldi", — dedi Foden BBC bilan suhbatda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati