Gnabri London klublarini ranjitijda davom etmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 07:44
"Bavariya" vingeri Serj Gnabri yana ingliz raqibi darvozasiga zarba berdi - bu safar "Arsenal" jabr ko‘rdi.

28 yoshli futbolchi seshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasining 1/4 finali birinchi o‘yinining (2:2) 18-daqiqasida "kanonirlar" darvozasini ishg‘ol qildi.

Opta portalining xabariga ko‘ra, Gnabri Chempionlar ligasida Angliya jamoalariga qarshi safar o‘yinlarida 7 ta gol urdi - bu musobaqa tarixidagi ikkinchi eng ko‘p gol.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam "Real"ning sobiq hujumchisi Karim Benzema bo‘lib turibdi, u Angliyada Premyer-liga vakillari darvozasiga 11 bor gol urgan.

Qizig‘i shundaki, Serj Gnabrining barcha yettita gollari London jamoalari darvozasiga kiritilgan: nemis futbolchisi "Tottenxem"ni to‘rt marta, "Chelsi"ni yana ikki marta va "Arsenal"ni bir marta ranjitgan.

Eslatib o‘tamiz, Gnabri 2011 yildan 2016 yilgacha "Arsenal"da o‘ynagan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati