Terzich: Atletiko stadionida o‘ynash har bir klub uchun qiyin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 07:28
Edin Terzich Chempionlar ligasi chorak finali o‘yini oldidan "Atletiko"ning o‘yiniga baho berdi.

Bugun Diyego Simeone boshchiligidagi jamoa Chempionlar ligasi chorak finalining ilk o‘yinida Dortmundning “Borussiya” klubini qabul qiladi.

"Simeonedan juda yoqimli iltifot (avvalroq "Atletiko" bosh murabbiyi Dortmund o‘yinining shiddatliligini ta’kidlagan edi - muallif), lekin biz doimo yaxshilanishimiz kerak.

Biz o‘yinlarda erishayotgan shiddatdan mamnunmiz, ammo shu ruhda davom etishimiz kerak. Bu bizning "Atletiko"ga qarshi vazifamiz. Ularning himoyasi yaqqol ajralib turadi, ammo “Manchesater Siti” bilan birgalikda Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urishgan.

Ular hujumda ancha rivojlangan, bu biz uchun katta qiyinchilik. Biz xato qila olmasligimizni bilamiz. Ular o‘z o‘yin uslublarini tatbiq eta oladilar. Biz avvalgidek qilamiz. Biz top-jamoalarga qarshi o‘yinda tajriba orttirdik, ammo hozir hammasi guruh bosqichidagidan farq qiladi.

Biz "Atletiko"ga qarshi 180 daqiqaga tayyorgarlik ko‘rdik, ularning stadioni hech bir jamoa uchun oson emas, ammo oldinga o‘tish uchun bu sinovdan o‘tishga umid qilamiz.
Biz ular qanday kurashayotganini, qanday jamoa ekanligini bilamiz, biz o‘zimizning eng yaxshi versiyamizni ko‘rsatishga tayyormiz”, — dedi Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati