Atletiko himoyachisiga yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 50
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 14:26
Turinning "Yuventus" klubi Madridning "Atletiko" klubi markaziy himoyachisi bilan aloqaga chiqdi.

"Keksa sinyora" Ermoso agar "matraschilar" bilan shartnomasini uzaytirmasa, u yozda erkin agentga aylanganidan so‘ng futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tuttosport xabariga ko‘ra, "Yuventus" vakillari Ermosoning agenti bilan muzokara olib borishgan. Tomonlar potensial transfer shartlarini, jumladan, maosh va bonuslarni muhokama qilishdi.

Avvalroq, Ermosoga “Barselona” va Angliyaning “Aston Villa” klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.

"Atletiko" ham futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan umidini yo‘qotmayapti, ammo hozir hammasi ispaniyalikning erkin agent sifatida jamoani tark etishi tomon ketmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati