Barselonaga Niko Uilyams kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-04-2024, 02:42
"Barselona" Niko Uilyamsni sotib olish ustida ishlamoqda.

Diario Sport xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar "Atletik" vingeri bilan aloqada bo‘lib, uning transferga roziligini ta’minlash bo‘yicha ishlarda muvaffaqiyatga erishgan.

21 yoshli futbolchi hozirgi jamoasida yana bir yil o‘tkazmoqchi va ular bilan yevrokuboklarda o‘ynamoqchi. Uning qaroriga 2025 yilgi Yevropa ligasi finalining Bilbaoda o‘tkazilishi ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

"Barselona" 2025 yilda Uilyamsni sotib olishga tayyor bo‘ladi. Kompensasiya - 50 million yevro.

Joriy mavsumda vinger La Ligada 24 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati