MYU himoyachisi kamida ikki haftaga safdan chiqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 23:18
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominay tizzasidan olgan jarohati sabab 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi.

Maktominay kutilmaganda o‘tgan yakshanba kuni "Liverpul"ga qarshi (2:2) APL doirasidagi o‘yinda "MYU" tarkibidan chetda qoldi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, bundan uch kun oldin "MYU" "Chelsi" mehmoni bo‘lib, 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lganida, Skott tizzasidan jarohat olgan.

Muammo jiddiy hisoblanmaydi va jarrohlik amaliyotini talab qilmaydi, biroq Adidas bilan shaxsiy homiylik shartnomasini imzolagan Maktominay ikki-uch haftani o‘tkazib yuboradi.

Shu tariqa, 27 yoshli shotlandiyalik futbolchi 21 aprel kuni “Uembli”da bo‘lib o‘tadigan “Koventri”ga qarshi Angliya kubogi yarim finalida maydonga tushmaslik xavfi bor.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati