Xavi qur’adan keyin xabar yozgan PSJ futbolchisining ismini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 22:44
Chorshanba kuni "PSJ" va "Barselona" Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida to‘qnash kelishadi.

Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xavi qur’adan keyin parijliklar hujumchisi Usmon Dembelega xat yozganini aytdi. O‘tgan yili fransiyalik futbolchi "Barselona"dan "PSJ"ga o‘tishga qaror qilgandi.

"Usmon Dembele va men qur’a tashlash marosimidan keyin bir-birimizga xabar jo‘natdik. Biz Parijda uchrashamiz, deb yozdik. Men uni juda hurmat qilaman, uning "PSJ"ga o‘tish tanlovini hurmat qilaman. Bu uning uchun qiyin bo‘ldi", - dedi Xavi jurnalistlarga.

"PSJ" - "Barselona" o‘yini 10 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati